Главная » 2017 » Март » 13 » Toshkentda yapon kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi
15:12

Toshkentda yapon kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi


2017 yilning 24 martidan boshlab, Alisher Navoiy nomli kino Saroyda yapon kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi, unda yapon rejissyorlarining 5 ta filmi namoyish etiladi.

24 mart kuni tadbirning ochilish marosimida yapon rejissyori Tomoyuki Furumayaning “Voyaga yetmaganlar uchun Busido” nomli va rejissyor Yudzi Nakaening “Yoz oqshomidagi tush”filmlari namoyish etiladi.

An’anaga ko‘ra, yapon kinosi kunlarida mamlakatning sevimli janri bo‘lgan — anime janridagi filmlar ham namoyish etiladi. Uni rejissyor Nidyu Yamamotaning Xidedze Odaning komiks-mangolari asosida yaratgan “Miyorlar va sehrli o‘rmon” multfilmi ochib beradi. Uni rejissyor Makoto Sinkayning “ Nafis so‘zlar bo‘stoni” nomli anim—melodramasi davom ettiradi. Rejissyor Sutomi Sibayamaning “Pakana Maruko” animesi beshinchi bo‘lib namoyish etiladi. Barcha filmlar yapon tilida, ruscha subtitr bilan ko‘rsatiladi. Tadbirda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: toshkent, kunlar, bo‘lib o‘tadi, yapon kinosi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя