Главная » 2020 » Февраль » 10 » Toshkentda YPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi
20:57

Toshkentda YPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi


Toshkentda yo‘l-patrul xizmati inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi.  Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 6 fevral kuni fuqaro U.A.ning huquqni muxofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.B. fuqaro U.A.dan jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” mashinasini chiqarib berish maqsadida tamagirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.B.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя