Главная » 2021 » Апрель » 28 » Toshkentdagi 100 dan ortiq maktab karantinga olindi
17:33

Toshkentdagi 100 dan ortiq maktab karantinga olindi


Toshkentdagi 107 ta maktab masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Bakiyev xabar berdi.

Ayni paytda Xalq ta’limi bosh boshqarmasi tizimiga Toshkentdagi 312 ta umumta’lim maktablari kiritilgan. Shulardan 107 tasida ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi.

Shuningdek, hozirgi kunda Toshkent maktablarida 234 967 nafar o‘quvchi an’anaviy tarzda, 214 077 nafar o‘quvchi masofadan turib ta’lim olmoqda. Bu yil 68,3 mingga yaqin o‘quvchi maktabni bitiradi.

Karantinda bo‘lib turgan bitiruvchilar 14 kunlik karantindan keyin to‘rtinchi chorakda davlat imtihonlarini topshirishadi.

Karantinda bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar tashkil etilmoqda, shuningdek, baholar elektron jurnalga joylashtirilib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand shahridagi barcha maktablar va bog‘chalar karantinga olingani haqida xabar bergandik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: karantinga, Toshkentdagi, Maktab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя