Главная » 2021 » Январь » 7 » Toshkentdagi “Do‘stlik” bozori avtoturargohidan 43 yoshli erkakning jasadi topildi
21:14

Toshkentdagi “Do‘stlik” bozori avtoturargohidan 43 yoshli erkakning jasadi topildi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor buyum savdosi kompleksi”ga qarashli “Do‘stlik” bozori yonidagi avtoturargohdan 7-yanvar kuni tongda erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Chilonzor prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida jasadi topilgan erkak Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi 43 yoshli G‘.X. ekanligi aniqlandi. Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, erkakning o‘limiga yurak chap qorincha miokard infarkti, yurak yerilishi, yurak tamponadasi sabab bo‘lgan.

Sirdaryolik erkak qanday yumush bilan “Do‘stlik” bozorida bo‘lgani hozircha noma’lum. Uning vafoti haqida xabar bergan “Daryo” mushtariylari erkakning o‘limiga sovqotish sabab bo‘lganini taxmin qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent IIBB sovuqda boshpanasiz qolgan kishilar haqida 71-281-90-32 raqami orqali xabar berishga chaqirdi. So‘nggi ikki kun ichida IIBB xodimlari 35 dan ortiq uysiz odamni topib, ularni “Mehr-saxovat” uyida boshpana bilan ta’minlagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtoturargohidan, do‘stlik, Toshkentdagi, erkakning, jasadi, bozori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя