Главная » 2018 » Май » 8 » Toshkentdagi “Ezidiyor” to‘yxonasi buziladi
11:43

Toshkentdagi “Ezidiyor” to‘yxonasi buziladi


Toshkent shahrida “Tashkent city” ob’ekti qurilayotganligi sababli shahardagi yirik to‘yxonalardan biri “Ezidiyor” ham buziladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ayni damda qurilish ketayotgan hudud – O‘qchi mahallasidan yangi uyga ko‘chirilmagan 20 ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so‘nggi kunlarida gaz taminotidan uzib qo‘yilgan edi, ammo, suv va elektr mavjud.

“Odamlar arz qilishni biladi, lekin mana vaziyatni ko‘ring, qanday qilib gaz ta’minotini saqlab qolish mumkin. Aholini Yashnobod va Olmazor tumanidagi uylarga ko‘chirib kelyapmiz. Iloji boricha ana shu odamlar ko‘ngliga qarashga intilyapmiz. Lekin shunga qaramasdan ular orasida norozi bo‘layotganlari ham yo‘q emas”, degan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu hududda joylashgan “Ezidiyor” to‘yxonasi ham buziladi. Uning atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu obektlardagi tadbirkorlar o‘zlariga boshqa yer tanlab ulgirmagan. Tuman rahbari tarbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Temur Nazarov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, buziladi, EZIDIYOR, to‘yxonasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя