Главная » 2021 » Апрель » 26 » Toshkentdagi har bir mahallaga 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi
12:42

Toshkentdagi har bir mahallaga 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi


Davlatimiz rahbari o‘tgan haftada Yashnobod tumanida avval ahvoli og‘ir bo‘lgan Parvoz mahallasiga borgandi. Qayd etilishicha, bugun vaziyat butunlay o‘zgargan.

«Obod mahalla» siyosatini amalga oshirish natijasida bu mahallaning qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining osuda yashashi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hamma joy toza, tartibli.

Prezident mahalla bo‘ylab yurib, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi va nuroniylar, ayollar, bolalar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Buning uchun har bir mahallaga, hozirgi holatidan kelib chiqib, o‘rtacha 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratish buyicha topshirik berdi. 

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ajratiladi, Toshkentdagi, so‘mdan, mablag‘, mlrd, mahallaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя