Главная » 2020 » Апрель » 16 » Toshkentdagi Inha Universiteti talabalari koronavirusga qarshi “aqlli niqob” ixtiro qildi
17:11

Toshkentdagi Inha Universiteti talabalari koronavirusga qarshi “aqlli niqob” ixtiro qildi


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahridagi Inha universitetning Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti 4-kurs talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurahmonova O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qildi va “aqlli niqob”ni yaratdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining fikriga ko‘ra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa bo‘ladi. U insonning tana haroratiga, yo‘talish,aks urish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo‘lib uning yordamida niqobga o‘rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni smartfonga yuboradilar. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.

“COVID -19ʼning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, u boshqa o‘tkir yuqumli kassaliklardan ajralib turadi: yuqori isitma, quruq yo‘tal, nafas qisilishi kabi. Sensorlar tufayli niqob bu ma’lumotlarni osongina aniqlay oladi.

Masalan, agar odamda harorat 38,5 bo‘lsa, u tez-tez yo‘talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa dastur niqob egasi COVID-19 dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirishni rejalashtirmoqdamiz. Tegishli alomatlari bo‘lgan odamlarga tez yordam berish oson bo‘ladi”, — dedi g‘oya muallifi Aziza Abdurahmonova.

Loyihaning muallifi Doston Mardiyevning ta’kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Talabalar bunday niqoblar kelajakda jamiyat uchun foydali bo‘lishiga umid qilmoqda.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ixtiro qildi, koronavirusga, universiteti, talabalari, Inha, Toshkentdagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя