Главная » 2021 » Январь » 14 » Toshkentdagi maktabda ro‘molli qizlar darsga kiritilmagani haqidagi xabarga izoh berildi
12:16

Toshkentdagi maktabda ro‘molli qizlar darsga kiritilmagani haqidagi xabarga izoh berildi


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyat yuzasidan poytaxtning Chilonzor tumani xalq ta’limi bo‘limi maxsus ishchi guruhi o‘rganish olib borganini ma’lum qildi.

O‘rganishlardan so‘ng, ma’lum bo‘lganki, dastlabki dars kunida o‘nga yaqin o‘quvchi qiz maktabga ro‘molda o‘qishga kelgan. Qizlar va ularning ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan ko‘cha-ko‘yda farzandlari ro‘molda yurishlari mumkinligi, ammo dars chog‘ida to‘liq kiyinish tartib-qoidalariga amal qilishlari lozimligi tushuntirilgan.

Biroq, ijtimoiy tarmoqda qayd etilganidek, ro‘molli qizlarning darslarga qo‘yilmaganligi haqidagi ma’lumot o‘z isbotini topmagan.

“Hurmatli ota-onalar avval xabar qilganimizdek, uydirma va bo‘hton xabarlar tarqatishdan ko‘ra, aniq dalillarga tayangan holda ma’lumot bersangiz ayni muddao bo‘lardi. Rostdan ham shunday holatning guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz nega cho‘chiysiz?! Sizning farzandingiz qaysi sinfda o‘qiydi, ismi-sharifi kim? Qachon maktabga kiritilmadi? Qolaversa, chop etilgan xabarda maktab direktori shaxsiyatiga tegishingizni qanday oqlash mumkin?! 

Eslatib o‘tamiz, umumta’lim muassasalarida Sizni tashvishlantirayotgan biror holatga duch kelsangiz bemalol Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Mabodo ismi-sharifingizni oshkor etishni istamasangiz, marhamat Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Murojaat uchun telefonlar — 71 2370801, 71 2370893”, deyiladi boshqama munosabatida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя