Главная » 2020 » Март » 13 » Toshkentdagi massajchilar fohisha ekaniligi aniqlandi
08:38

Toshkentdagi massajchilar fohisha ekaniligi aniqlandi


Toshkent shahrida internet orqali massaj xizmatini taklif qilayotganlar aslida intim xizmat ko‘rsatgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11 mart kuni, IIBB xodimlariga internet saytlaridan birida Sevara ismli qiz massaj xizmatini taklif qilib, shuni niqob qilib intim xizmatlar ko‘rsatayotgani haqida xabar yetib kelgan. IIBB xodimlari Sevara ismli mazkur qiz qo‘lga olib, u aslida 27 yoshli Ozoda J. ekanligi aniqlagan. Qiz haqiqatan ham internetga mazkur e’lonni joylashtirganini tan olgan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish)ga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va Shayxontohur tumani IIBga jo‘natilgan.

Xuddi shunday choralar 30 yoshli Dinara A.ga nisbatan ham qo‘llanilgan. U ham massaj bahonasida internet tarmoqlari orqali intim xizmatlar taklif qilgan.

Shuningdek, 11 mart kuni Chilonzor tumani hududida joylashgan go‘zallik salonida kosmetologiya va oddiy massaj xizmatidan tashqari, tashrif buyuruvchi erkaklarga intim xizmatlar ham ko‘rsatilishi aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, salonda massajchi bo‘lib ishlagan 20 yoshli Odina D. salonda ko‘rsatilgan intim xizmat uchun 100 ming so‘m olayotganda qo‘lga tushgan.

Mazkur salonda Odina D.dan tashqari, 20-32 yosh oralig‘idagi yana olti nafar ayol ham massajchi niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘lgan.

Umida B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash)ga asosan ish qo‘zg‘atilgan. Boshqa massajchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ulanish)ga asosan ish qo‘zg‘atilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя