Главная » 2021 » Апрель » 30 » Toshkentdagi supermarketning ehson qutisiga 50 ming dollar tashlab ketildi
09:12

Toshkentdagi supermarketning ehson qutisiga 50 ming dollar tashlab ketildi


«Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i tomonidan o‘rnatilgan ehson qutilaridan jami 50 ming dollar solingan konvertlar chiqdi. Bu haqda tarmoq rahbari Zafar Hoshimov 29 aprel kuni Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Zafar Hoshimovning ta’kidlashicha, tarmoq supermarketlariga o‘rnatilgan ehson qutilariga «saxiy xaridorlar asosan qaytimga olingan pullarini xayriya niyatida tashlab ketadi». Ushbu ehson qutilariga tushgan barcha mablag‘lar saraton kasalligiga chalingan bolakaylarga yordam beruvchi «Ezgu amal» xayriya jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi.

«Qutilar to‘lganida korxonamiz xodimlari va mutassaddilari jamg‘arma hamda jamoatchilik vakillari bilan birga ularni ochib, pullarni sanab, jamg‘arma hisob raqamiga topshiradi. Bugun navbatdagi qutini ochib, pullar sanalib taxlanayotganida, qutidan 10 dan ortiq oq konvert chiqdi. Ochib qarasak, konvertlardan jami 50 ming dollar pul bor ekan», — deb yozadi Zafar Hoshimov.

Supermarketlar tarmog‘i rahbari o‘z postini shunday so‘zlar bilan yakunlagan: «Og‘ir kasalga chalingan bolakaylarga Ramazon oyining tabarruk kunlarida shunday go‘zal ehson qilgan noma’lum inson amali ezgulik, olijanoblik va muqaddas Ramazon hislatlariga bo‘lgan ishonchimizni yanada orttirdi. Pullar ayirboshlanib, jami 564 120 000 so‘m jamg‘armaga yuborildi».


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tashlab ketildi, supermarketning, ehson, Dollar, qutisiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя