Главная » 2020 » Май » 22 » Toshkentdagi universitetda kirish imtihonlari boshqa kunga qoldirildi
14:25

Toshkentdagi universitetda kirish imtihonlari boshqa kunga qoldirildi


Toshkent shahridagi Amity universitetida may oyining oxirlariga 2020-2021 o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlarini o‘tkazish belgilangan edi. Abiturientlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida universitet ma’muriyati imtihonlarning birinchi bosqichi vaqtini 2020 yil 20-21 iyunga tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
Xalqaro boshlang‘ich dastur (Foundation)
Bakalavr yo‘nalishi (Undergraduate):
Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
Kompyuter injenering (Bachelor Bachelor of Technology (Computer Science & Engineering));
Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);
Turizm sohasidagi menejment (Bachelor of Arts (Tourism Administration);
Biznes boshqaruv (Bachelor of Business Administration).
Magistratura yo‘nalishi (Postgraduate):
Axborot texnologiyalari.
Biznes boshqaruv.
Yangi 2020/2021 o‘quv yillarga hujjatlarni topshirish boshlangan va shu kunga qadar ikki mingdan ortiq abiturietlar ariza topshirilgan.
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi, to‘liq ma’lumotni http://amity.uz/Application.aspx havolasi orqali olish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998712079006, +998712079007

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Amity universiteti, Imtihon, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя