Главная » 2017 » Март » 12 » Toshkentdagi uylardan birida ro‘y bergan yong‘in er-xotinni hayotdan olib ketdi
13:08

Toshkentdagi uylardan birida ro‘y bergan yong‘in er-xotinni hayotdan olib ketdi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati hafta davomida ro‘y bergan yirik yong‘inlar haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan fuqaro K.Vladimirov shirakayf holatda bo‘lganligi sababli uyida yong‘in chiqqan. Oqibatda esa 50 kv metr hajmdagi maydon olov ichida qolgan. Achinarlisi, yong‘in bartaraf etilgach, uy ichida xonadon egasi va rafiqasining jasadi topilgan.

Yana bir yirik yong‘in Toshkent viloyati Zangiota tumanida ro‘y berdi. Qo‘lbola istish qurilmasidan foydalanish I.Yurov xonadonida yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Olov uyning tomini vayron holga keltirib, 15 kv metr maydonga zarar keltirdi. Yong‘in oqibatida uy egasi vafot etgan.

Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi Yu.Rashidov xonadonida gaz plitasining qarovsiz qoldirilishi oqibatida 80 kv metr maydon, bundan tashqari, qo‘shni xonadonning 20 kv metr maydon hududi olov ichida qoldi.

Navoiy viloyatida esa elektr simlaridagi tutashuv sabab M.Akbarova xonadonida yong‘in yuzaga keldi. Karmana tumanida joylashgan uyning 160 kv metr maydoni olov ichida qolgan. Voqea sabab jabrlanganlar bo‘lmaganligi xabar qilingan.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hayotdan olib ketdi, Er-xotin, ro‘y bergan, Toshkentda, yong‘in, uylardan biri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя