Главная » 2020 » Январь » 22 » «Toshkentga tungi klublar kerak» – hokim o‘rinbosari
22:57

«Toshkentga tungi klublar kerak» – hokim o‘rinbosari


Bugun, 22 yanvar kuni, Toshkent shahar hokimligida «2019 yilda Toshkent shahrida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo‘nalishida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov ishtirok etdi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, xususan, yoshlar turizmi bo‘yicha ma'lumot berdi.

«So‘nggi bir yil ichida shaharda tungi hayot o‘zgardi. Ochiq maydonlarda madaniy tadbirlarning o‘tkazilgani ham bunga misol bo‘la oladi. Shahar sekin-astalik bilan megapolisga aylantirilmoqda. Toshkent shahriga tungi klublar kerak. Shu qatorda bir jihatga ahamiyat berishingizni xohlardim: agar xavfsizlik to‘liq ta'minlansa, tungi klublar faoliyatiga to‘siqlar qo‘yilmaydi. Aslida, buning zararli tomoni yo‘q. Odamlar ko‘chaga chiqadi, xarajat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, ichki va tashqi turizm rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Klublar qonuniy talablarni bajaradigan bo‘lsa, hech qanday cheklovlar yo‘q», deydi hokim o‘rinbosari.

Shuningdek, Shukurov shaharning tungi manzarasi oldingidan ancha o‘zgarganini ham qo‘shimcha qildi. Jumladan, «Toshkent sizni sevadi», «Yoshlar karting», «Tungi velosayr», «MuzzDay», «Gullar festivali» va «Landshaft open» kabi madaniy tadbirlar brendi yaratilgani qayd etildi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя