Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Toshkentlik yigit o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi
16:02

Toshkentlik yigit o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi


Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli yigit kelishmovchilik tufayli o‘z akasini pichoqlab o‘lldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 dekabr kuni soat 16:35 larda Chilonzor tumani, “Toshkent savdo markazi” kompleksi hududidagi 5-blok, “G” qator, 127-savdo do‘koni oldida 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan N.M ishsiz o‘zaro kelishmovchilik oqibatida akasi 1991 yilda tug‘ilgan O.M. ning o‘ng ko‘krak qo‘ltiq osti sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
   
Oqibatda, O.M olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

Xabar berilishicha, Chilonzor tumanuman IIB tomonidan N.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qism “d” bandi (ta’magirlik niyatida) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirdi, Toshkentlik, pichoqlab, akasini, Yigit | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя