Главная » 2017 » Январь » 26 » Toshkentning ayrim hududlarida 2 sutka suv bo‘lmaydi
08:33

Toshkentning ayrim hududlarida 2 sutka suv bo‘lmaydi


Toshkent shahrining Bog‘ishamol va Yangishahar ko‘chalari oralig‘ida yangi avtoyo‘l hamda Bo‘zsuv kanali bilan kesishgan joyda ko‘prik qurilishi sababli 26 yanvar kuni soat 05:00 dan 28 yanvar 05:00 gacha bir qator tumanlarning ayrim hududlarida suv bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati Axborot xizmati xabar bermoqda.  
 
Xususan, Olmazor tumani bo‘yicha B-1 mavzesidagi “Chustiy” mahallasi, B-3 mavzesidagi “Alisher Navoiy” mahallasi, Markaz-17, 18 mavzesidagi “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, Taxtapul” mahallalarida, Beruniy maydoni, “Xoncharbog‘”, “Aloqa”, “Farobiy”, “Chimboy-2”, “Qorasaroy”, “Guzarboshi”, “Qo‘shtut”, “Allon”, “Eski shahar”, “Qumloq”, “Hofiz Kuhakiy”, “Abu Bakr”, “Istiqlol” mahallalarida, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, Sebzor ko‘chasidan Farobiy Chig‘atoy darvozasigacha, Farobiy, Mirzo G‘olib ko‘chalarida, beruniy ko‘chasidagi non ishlab chiqarish zavodida va talabalar shaharchasida;
 
Shayhontoxur tumani bo‘yicha Markaz-26, 27, 28 mavzelaridagi “Gulobod”, “Bog‘ko‘cha”, “Sarhumdon” mahallalarida, shuningdek, “Qoratosh”, “Chaqar”, “Chorsu”, “Yangi Kamolon”, “Huvaydo”, “Gulbozor”, “Suzukota”, “Islomobod”, “Oqilon”, “Shofayz”, “Yangishahar”, “Obinazir”, “Koxota”, “O‘zbekiston”, “Taxtapul”, “Katta hovuz” mahallarida, 1-Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, Navoiy ko‘chasi, Samarqand Darvoza ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha, Samarqand Darvoza ko‘chasi Navoiy ko‘chasidan Termiz ko‘chasigacha, 1-Shahar klinik shifoxonasi va tug‘ruqxonasigada, Toshkent Davlat sirkida, “Chorsu” bozorida, “JAR” sport kompleksida, Abror Hidoyatov va Milliy Akademik drama teatrlarida;
 
Yunusobod tumani bo‘yicha “Jomiy” mahallasi, Naqshbandiy, Mukarrama Turg‘unboyeva, Mirtemir, Taxtapul darvozasi, Bog‘cha ko‘chalarida, Bog‘iravon, Gulg‘uncha, Avaz O‘tar tor ko‘chalari bilan “Bo‘zsuv” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarida, Ming O‘rik 1,2 tor ko‘chalarida, “Obod” mahallasidagi Namangan, Bog‘ishamol, Qizilqo‘rg‘on, O‘rtasaroy, Mashinasozlar, Gulbog‘ ko‘chalarida 26 yanvar kuni soat 05:00dan 28 yanvar 05:00gacha suv bo‘lmaydi.
 
Bundan tashqari, Olmazor tumanining Bobojonova, Nodira ko‘chalarida,  Shayhontoxur tumanining Markaz-15, Beshyog‘och mavzesi, “Koxota” mahallasida, 3-Tuman issiqlik qozonxonasida, Yunusobod tumanining 4-Tuman issiqlik qozonxonasida, Uchtepa tumanining 5-Tuman issiqlik qozonxonasi, Shayxzoda, Farhod, Qurilish ko‘chalari, Farhod ko‘chasidan Xirmontepa ko‘chasigacha, Shirmon ko‘chasigacha bo‘lgan hududlarda suv bosimi pasayishi kutilmoqda.
 
“Suvsoz” Davlat unitar korxonasi suv ta’minotidagi bunday uzilishlar yuzasidan uzr so‘ragan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, suv bo‘lmaydi, 2 sutka, ayrim hududlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя