Главная » 2017 » Июнь » 9 » Toshkentning har bir poliklinikasida tez yordam bo‘ladi
08:21

Toshkentning har bir poliklinikasida tez yordam bo‘ladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 6-iyun kuni “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun rahbar va mutaxassislar kasbiy javobgarligini oshirish va boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib, Norma xabar bermoqda.

Tashxislash va davolash, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dinamik kuzatish, davolash va reabilitatsiyasi me’yorlariga muvofiq mobil, texnik jihozlangan tez tibbiy yordam podstansiyalaridan foydalangan holda tez, shifoxonaga joylashtirilgunga qadar va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Toshkent shahri oilaviy va ko‘p tarmoqli tuman markaziy poliklinikalari, shuningdek, ularning rahbar va mutaxassislari asosiy vazifalari etib belgilandi.

Biriktirilgan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda profilaktika va patronaj ishlarini yaxshilash uchun shahar hokimiyatiga har bir oilaviy va ko‘p tarmoqli tuman markaziy poliklinikalarini ikkita ixtisoslashtirilgan avtomobil bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, poliklinika, tez yordam, bo‘ladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя