Главная » 2017 » Март » 27 » Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joyda yo‘l o‘tkazgich quriladi
11:23

Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joyda yo‘l o‘tkazgich quriladi


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

Mirobod tumanidagi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘prik shulardan biri. Uning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi, deya xabar beradi O‘zA. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi.

Prezidentimiz zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ko‘prik ostidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tutashgan joy, toshkent, yo‘l o‘tkazgich, quriladi, kichik xalqa yo‘li, Farg‘ona yo‘li | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя