Главная » 2021 » Май » 24 » Toshkentning o‘nlab hududlarida ichimlik suvi va issiq suv o‘chiriladi (ro‘yxat)
12:04

Toshkentning o‘nlab hududlarida ichimlik suvi va issiq suv o‘chiriladi (ro‘yxat)


Toshkent shahrining bir necha tumanlarida ichimlik suvi va issiq suv o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25 may soat 10:00 dan 27 may soat 06:00 gacha Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi ichimlik suvi tarmoqlarida bahorgi rejali profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan bir qator manzillarda ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. 

 Yashnobod tumanida:
 

  • “Katta Olmos”, “Iqbol”, “O‘rtamasjid”, “Mumtoz”, “Katta Qo‘yliq”, “Qo‘yliqobod”, “Uysozlar”, “Tarnovboshi”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Behizor”, ”Bunyodkor”, “Yanginur”, “Oydinko‘l”, “Shohimardon”, “Katta Yangiobod”, “Shohsanam”, “Nodira”, “Donishmand”, “Xosiyatli”, “Yangi davr” mahallalarida; 
  • Uysozlar va Uysozlar tor ko‘chalarida, Tolariq va Tolariq tor ko‘chalarida, Mumtoz va Mumtoz tor ko‘chalarida, Ohangrabo va Ohangrabo tor ko‘chalarida, Tabibiy va Tabibiy tor ko‘chalarda, Tabassum va Tabassum  tor ko‘chalarida, Latofat  va Latofat tor ko‘chalarda, Bunyodkor va Bunyodkor tor ko‘chalarida, Nigora va Nigora tor ko‘chalarida, Shohsanam va Shohsanam tor ko‘chalarida, Charos, Saodat, Muloyim, Tabarruk ko‘chalarida;
  • To‘yona 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9-dahalarida, Qo‘yliq va Uysozlar mavzesida.

Bektemir tumanida: 

  • “Abay”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Husayn Boyqaro”, “Majnuntol”, “Mirishkor”, “Rohat”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Nurafshon” mahallalarida;
  • Porloq ko‘chasida, Suvsoz-1, 2 dahalarida.

Mirobod tumanida: 

  • “Qo‘yliq ota”, “Barotxo‘ja”, “Parvona”, “Bayot”, “Chinor”, “Yangi Qo‘yliq”, “Yuksalish”, “Fayziobod”, “Oq uy”, “Ziyonur”, “Tolariq” mahallalarida; 
  • Qo‘yliq 1, 2, 3, 4-dahalarida;
  • Fayziobod, Bilimdon ko‘chalarida. 

Sergeli tumanida: 

“Qo‘shqo‘rg‘on”, “Xonobod”, “Quruvchilar”, “Ziyokor”, “Madaniyat”, “Shukur Burxonov” mahallalarida. 

Sergeli tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:

“Qumariq”, “Qipchoq”, “Nurhayot”, “So‘g‘diyona”, “Daryo bo‘yi”, “No‘g‘ay Qo‘rg‘on”, “Viqor”, “Bunyodobod”, “Ziynat”, “Yo‘ldosh”, “Navqiron”, “Ittifoq”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Habibiy”, “Tashabbus”, “Yangi Umid”, “Oriyat”, “Marhamat” mahallalarida.

Yangixayot tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:

“Olchazor”, “Charag‘on”, “Do‘stlik”, “Yorqin” mahallalari.
 
Shuningdek, 

  • Bektemir tumanidagi “Vodnik” qozonxonasiga;
  • Sergeli tumani 8-sonli va “Sanoat qurilish” qozonxonalariga;
  • Mirobod tumani 6-sonli qozonxonaga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan ushbu qozonxonalar  faoliyati ham 3 kun muddatga to‘xtatiladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: issiq, ichimlik, (ro‘yxat), SUV, o‘chiriladi, suvi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя