Главная » 2021 » Май » 4 » «Tottenxem»dan haydalgan Mourino yangi klub topdi
21:00

«Tottenxem»dan haydalgan Mourino yangi klub topdi


Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Roma»ni boshqaradi. Bu haqda Italiya klubi saytida xabar berildi.
Portugaliyalik «Roma» bilan 2024-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi. Jamoa bosh murabbiyi sifatida Mourino mavsum oxirida klubni tark etadigan Paulu Fonsekaning o‘rnini egallaydi.
Mourino 19-aprel kuni Angliyaning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgandi. Mutaxassis 17 oylik ishdan so‘ng klubni tark etdi. Angliya premer-ligasining (APL) so‘nggi uchta uchrashuvida jamoa ikkita ochko to‘pladi va Yevropa Ligasidan ham chiqib ketdi.
Portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Real», «Inter» va «Portu»dagi faoliyati bilan tanilgan. U «Chelsi» boshqaruvida eng ko‘p muvaffaqiyat qozongan: Mourino jamoani ikki marta boshqargan va ular bilan jami sakkizta sovrin yutib olgan. Shuningdek, portugaliyalik Chempionlar Ligasi kubogini ikki marotaba qo‘lga kiritgan — 2003/2004-yilgi mavsumda «Portu» va 2009/2010-yilgi mavsumda «Inter» bilan.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Tottenxem, Mourino, Klub, haydalgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя