Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Tovuqli “Kroket” - eng sarasini sizga ilindik!
15:43

Tovuqli “Kroket” - eng sarasini sizga ilindik!


Zarur masalliqlar: 500 gr. lahm tovuq go‘shti, 1 dona tuxum, 50 gr. un, mayda pomidorlar, 2 ta yashil bulg‘or qalampiri, tuz, murch, o‘simlik yog‘i.

Tayyorlash: 1). Tovuq go‘shtini qiymalab, tuz, murch, 2 osh qoshiq un va tuxum qo‘shasiz-da, aralashtirasiz.

2). Qiymadan yong‘oq kattaligida zuvala yasab, unga botirib oling. So‘ng qizib turgan yog‘da  har tarafini qizartirib pishirasiz. Pishgach, qog‘oz salfetkaga solingan likopchaga terib, ortiqcha yog‘ini silyoiting.

3). Bulg‘or qalampirini bir necha bo‘laklarga bo‘ling. Kabob cho‘piga tovuqli “Kroket” hamda sabzavotlarni ketma-ket terib, gaz pechi patnisiga joylang. Xohishingizga ko‘ra, kabob ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepib, 15 daqiqa gazxonaga qo‘ying.

Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Kroket, Tovuqli | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя