Главная » 2020 » Июнь » 14 » Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida yutqazsa nima bilan shug‘ullanishini aytdi
09:34

Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida yutqazsa nima bilan shug‘ullanishini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp agar bu yil noyabr oyida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida yutqazsa, o‘z mag‘lubiyatini tan olib, hokimiyatni saqlab qolishga urinmasligini bildirdi. Bu haqda u 12-iyun kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

“Albatta, agar men g‘olib bo‘lmasam, demak g‘olib bo‘lmayman. O‘zimning boshqa ishlarim bilan shug‘ullanaman”, — degan Tramp.

Shu bilan birga, uning mag‘lub bo‘lishi mamlakat uchun “juda ayanchli” bo‘lishini, chunki Demokratik partiyaning siyosati “politsiya idoralarini yo‘q qilish”, shuningdek, g‘alayonlarga qarshi kurashda “hech qanday chora ko‘rmaslikdan” iboratligini ta’kidlagan.

Shu tariqa AQShning amaldagi davlat rahbari Baydenning Tramp yutqazsa, u saylov natijalarini “o‘g‘irlashga” harakat qiladi, degan gapiga munosabat bildirdi. Bayden shuningdek, Trampni Oq uydan harbiylar yordamida olib chiqishga to‘g‘ri kelishini taxmin qilgandi.

Bundan tashqari, Tramp saylovdagi raqibi, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenni qo‘rqoqlikda ayblab, o‘zi uchun “yerto‘lada boshpana” yaratgani va u yerdan chiqmaganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenligiga saylovlar 2020-yil, 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda amaldagi prezident Donald Trampga yagona raqib Demokratlar partiyasidan bo‘lgan 77 yoshli Jo Baydendir.

Avvalroq Jo Bayden Donald Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortsa, uni harbiy to‘ntarish kutayotganini ma’lum qilgani xabar berilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nima bilan shug‘ullanishini, AQSh prezidentligi saylovlarida, aytdi, yutqazsa, Tramp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя