Главная » 2020 » Апрель » 20 » Tramp: "AQShda buncha odam o‘lmagan. Hammasi yolg‘on"
15:11

Tramp: "AQShda buncha odam o‘lmagan. Hammasi yolg‘on"


AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarni koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni noxolis yoritgani uchun tanqid qildi: uning fikriga ko‘ra, Amerika ommaviy axborot vositalari yolg‘on ma’lumot tarqatmoqda. U bu haqda Oq uydagi brifing chog‘ida CNN telekanali tomonidan yozilgan matnni e’lon qildi.

“Biz virusdan vafot etganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda emasmiz, birinchi o‘rinda Xitoy. Biz hatto unga yaqinlashmaymiz — xitoyliklar bizdan ancha oldinda. Nega buni ko‘rsatmoqchi emassiz?» — deya g‘azablandi Amerika rahbari. Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlarda koronavirusni aniqlaydigan testlar yetarli ekanligini ta’kidladi. Shunday qilib, Tramp epidemiyaga qarshi kurashish uchun mablag‘ yetishmasligidan bir necha bor shikoyat qilgan amaldor shaxslarni tanqid qildi.

19 aprel kuni Tramp Xitoyni koronavirus haqidagi yashirin ma’lumotlar uchun javob berishga majbur qilishga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoy. hukumati haqiqatni ataylab yashirganligi aniqlansa, unda Xitoyga juda yomon bo‘ladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tramp, AQShda, odam o‘lmagan. Hammasi yolg‘on | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя