Главная » 2020 » Май » 4 » Tramp epidemiya boshlanishida Xitoyning «dahshatli xato»sini ma’lum qildi
20:16

Tramp epidemiya boshlanishida Xitoyning «dahshatli xato»sini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi boshlanishidagi Xitoyning «dahshatli xato»sini e’lon qildi. Bu haqda «Fox News»ga bergan intervyusida aytib o'tgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati o‘z aybini tan olishni xohlamagan. Tramp bu gapi bilan Pekin tekshiruv o‘tkazish uchun AQSh va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti vakillarini Xitoyga kiritishni istamaganiga e’tibor qaratdi.

«Ular buni darrov emas, ancha kech tan olishdi. Shu bois ular xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ular yashirishga urinishdi, lekin uddasidan chiqisholmadi», — dedi Oq uy rahbari.

Amerikalik yetakchining nuqtai nazariga ko‘ra, Pekinning eng yomon qarori chegaralarni bir tomonlama yopib qo‘yganligi bo‘lgan. Mamlakatga kirish taqiqlandi, lekin Xitoy fuqarolari chegarani kesib o‘tib, koronavirusni AQSh va boshqa davlatlarga tarqatishi mumkin edi, deb xulosa qildi Tramp.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoyning, Tramp, epidemiya boshlanishida, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя