Главная » 2020 » Февраль » 11 » Tramp koronavirus epidemiyasining yakuni qanday bo‘lishini taxmin qildi
12:44

Tramp koronavirus epidemiyasining yakuni qanday bo‘lishini taxmin qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi kurash joriy yilning aprel oyida yakuniga yetishini bashorat qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Koronavirus bo‘yicha: odamlar kasallikning aprel oyida kunlar isishi natijasida yo‘q bo‘lib ketishini aytmoqda” – deya Trampning gubernatorlar bilan uchrashuvda aytgan so‘zlarini keltirgan press-pul.

“Umuman olgan issiqlik bu kabi viruslarni tez o‘ldiradi”, — degan Tramp.

U Xitoy vakillari bilan suhbatda ular virusning aprel oyida butunlay yo‘q bo‘lishi haqida va’da berishganini qayd etgan.

Shuningdek, Tramp AQShning koronavirusga qarshi kurashda yaxshi vaziyatda ekanligini ta’kidlagan.

Amerika sanitariya idorasining ma’lumotlariga ko‘ra AQShda koronavirusga chalingan odamlar soni 12 nafarni tashkil qiladi, bu raqam o‘tgan haftadan beri o‘zgarmay kelmoqda. Yana 68 nafar odam aniq tashxis chiqishini kutmoqda, 318 nafar bemorning ushbu virusga chalingani haqidagi taxminlar yakunda o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan keyin o‘zini oqlamagan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя