Главная » 2020 » Апрель » 2 » Tramp koronavirus haqida: “Yaqinda hammasi joyiga tushadi. Chunki...”
14:01

Tramp koronavirus haqida: “Yaqinda hammasi joyiga tushadi. Chunki...”


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusning tarqalishi tufayli mamlakatda butunlay yakkalanish sharoitlari o‘z joniga qasd qilish, oiladagi zo‘ravonlik va giyohvand moddalarni iste’mol qilish sonining ko‘payishiga sabab bo‘lishini ta’kidlagan holda mamlakatning tez orada normal hayotga qaytishini ma’lum qildi.

Tramp tegishli bayonotni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifing paytida ochiqladi.

Amerika rahbari oiladagi zo‘ravonlik, giyohvand moddalarni iste’mol qilish va izolyasiya holatida ishsiz qolish hollari ko‘payganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz, xususan, ish va pul yo‘qotish o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, Oq uy rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari koronavirus pandemiyasini oldini olish uchun qat’iy choralar qo‘llash orqali "to‘g‘ri tanlov" qilganini ta’kidladi, ammo tez orada odatiy hayot tarziga qaytish kerakligini ham qo‘shimcha qildi. "Biz imkon qadar tezroq karantinni ochishni xohlaymiz", dedi Tramp va agar cheklovlar olib tashlansa, "eng baxtli odam" bo‘lishini ishonch bilan gapirdi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 205 mingdan ortiq inson koronavirusni yuqtirgan, 4,5 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя