Главная » 2020 » Апрель » 2 » Tramp koronavirus haqidagi haqiqatni yashirganini tan oldi
22:29

Tramp koronavirus haqidagi haqiqatni yashirganini tan oldi


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi ehtimoli haqidagi haqiqatni ataylab yashirganligini tan oldi, deb yozadi “Lenta.ru”.

“Men hamma narsani bilardim. Dahshatli bo‘lishi mumkinligini ham bilardim. Ammo men noumid bo‘lishni xohlamayman", dedi Amerika rahbari va uning fikricha, odamlarga umid berish eng muhim ishdir.

Prezidentning ushbu “ harakat modeli” ba’zi sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tanqid qilindi, ular AQSh zarur ishlar uchun muhim vaqtni o‘tkazib yuborgan deb hisoblashmoqda.

Bungacha Tramp koronavirus pandemiyasi tufayli kelgusi ikki hafta mamlakat uchun juda qiyin bo‘lishidan ogohlantirgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя