Главная » 2020 » Апрель » 6 » Tramp koronavirusni davolashda qo‘llash uchun dori taklif qildi
19:20

Tramp koronavirusni davolashda qo‘llash uchun dori taklif qildi


AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi bezgak va sil kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan dorilar taklif qildi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ushbu usulning samaradorligi hali isbotlanmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu gidroksixloroxin preparati. Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, undan foydalanish mumkin. Uning fikricha, bu dorini qo‘llash bilan unga qarshi chiqayotgan shifokorlar hech nima yo‘qotmaydi.
 

"Siz nima yo‘qotyapsiz? Gap hozir inson hayoti haqida ketyapti", deydi Tramp Oziq-ovqat va dori-darmon sanitariya nazorati idorasi vakillariga qarata. 

Shifokorlarning ta’kidlashicha, preparat juda ko‘p salbiy ta’sirga ega. Xususan, ushbu dori ko‘ngil aynish, qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va ba’zi holatlarda aritmiya hamda taxikardiya keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, shifokorlar gidroksixloroxin preparatini og‘ir ahvoldagi bemorlarga qo‘llash halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirishdi.

Ma’lumot uchun, AQSH koronavirusni bilan kasallanganlar soni bo‘yicha hamon birinchi o‘rinda. Hozirda mamlakatda 337 933 ta koronavirus holati qayd etilgan. Kasallanganlarning 17 582 nafari sog‘aygan, 9 653 nafari esa vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя