Главная » 2020 » Апрель » 1 » Tramp koronavirusning foydalari borligini aytdi
11:44

Tramp koronavirusning foydalari borligini aytdi


AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusning kutilmagan foydalari haqida gapirdi. Bu haqda Prezident Oq uydagi brifingda ma’lum qildi.

"Virusning tarqalishi, ijobiy natijalarga olib keladi. Masalan, aholini kundalik hayotda foydali odatlarga o‘rgatadi. Kelajakda ushbu odatlar grippni yuqtirmaslikka yordam beradi," deydi Tramp.

Xususan, Amerika rahbari qo‘llarni muntazam yuvishni va boshqalardan uzoqroq yurishni tavsiya qildi. Prezident odamlarga iloji boricha uyda o‘tirishni maslahat berdi.

Shuningdek, Tramp koronavirusdan saqlanishning shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U hozirda boshqalar bilan an’anaviy hindcha tarzda salomlashayotganini va bunday qilishni boshqalarga ham maslahat berdi. So‘nggi bora Tramp Irlandiya Bosh vaziri Leo Varadkar bilan qo‘l berib so‘rashganini ma’lum qildi. Amerika yetakchisi u bilan so‘rashganda adashganini va qaytib bunday qilmasligini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 188 578 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 890 nafari vafot etgan, 7 251 nafari esa sog‘aygan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя