Главная » 2020 » Март » 19 » Tramp o‘zini “harbiy davr prezidenti” deb atadi
08:57

Tramp o‘zini “harbiy davr prezidenti” deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi xavfi sababli uning prezidentligini harbiy davrga to‘g‘ri kelgan, deb hisoblash mumkinligini aytdi.

“Ma'lum jihatdan men o‘zimni harbiy davr prezidenti sifatida ko‘rmoqdaman”, deb aytgan Tramp brifingda. 

AQSh prezidentining bu so‘zlari u 1950-1953 yillar davom etgan Koreya urushi davridagi mudofaa sanoati haqidagi qonun amal qilishini e'lon qilgandan keyin yangragan. Bu qonundan maqsad himoya niqoblari va maxsus kiyimlar ishlab chiqarilishini jadallashtirish hisoblanadi. 

“Men kurashayotganimizni nazarda tutmoqdaman. Men bizda juda keskin vaziyat yuzaga kelganini nazarda tutmoqdaman”, deb tushuntirgan Tramp o‘z so‘zlarini.

U AQSh fuqarolarining koronavirusga qarshi jonbozlik bilan kurashayotganlariga tan bergan.  

“Amerika xalqi ko‘p jihatdan ajoyibdir”, deb aytgan Tramp.

Ayni vaqtda AQShda koronavirusga chalinganlar soni 8304 nafarni, undan vafot etganlar soni 133 nafarni tashkil qilmoqda.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя