Главная » 2020 » Февраль » 21 » Tramp “Parazitlar” g‘alabasidan darg‘azab
11:55

Tramp “Parazitlar” g‘alabasidan darg‘azab


AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya kino ijodkorlarining “Parazitlar” filmi (Gisaengchung, 2019) “Oskar”ning bosh mukofotini yutganiga rozi emasligini bildirdi. Bu haqda u Kolorado shtatidagi miting vaqtida aytib o‘tdi. 

“Janubiy Koreya filmi g‘olib bo‘ldi. Bu qanaqasi? Bizda Janubiy Koreya bilan savdoda yetarlicha muammo mavjud, ularga bo‘lsa eng yaxshi film uchun mukofot berishyapti. Shu yaxshimi? Bilmayman. “Shamollarda qolgan hislarim”, “Sanset bulvar”ni qaytaring, ajoyib kinolar bor, g‘olib – Janubiy Koreyadan. Bunaqasi avval bo‘lmagan”, degan Prezident.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 9 fevral kuni janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” kinokartinasi Amerika kino akademiyasining 92-marosimida “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” yutdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя