Главная » 2017 » Август » 4 » Tramp Rossiya bilan aloqalarning yomonlashuvida kimni ayblaydi?
11:10

Tramp Rossiya bilan aloqalarning yomonlashuvida kimni ayblaydi?


AQSh Kongressi tomonidan 22 iyul kuni Ukrainadagi vaziyatni o‘nglash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgani haqida ma’lumot bergan edik.

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar sovuq urush davridan buyon bu qadar quyi darajaga tushmagani va aloqalarning yomonlashuvida Kongresning aybdor ekanini bildirdi.

Bu haqda prezident Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Tramp tomonidan imzolangan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi qonun Kongress vakolatlarini kengaytiradi hamda sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha AQSh prezidenti vakolatlarini cheklaydi.

Qonunda AQSh Konstitutsiyasiga zid keluvchi bandlar borligi, bu esa prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarining cheklanishiga sabab bo‘layotganligini aytgan.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tramp, yomonlashuv, aloqalar, kimni ayblaydi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя