Главная » 2018 » Апрель » 27 » Tramp va Putinda qanday o‘xshashlik bor?
11:33

Tramp va Putinda qanday o‘xshashlik bor?


AQSh Prezidenti Donald Tramp ushbu lavozimni egallab turganiga bir yildan oshdi. Ammo shu vaqtgacha, u sobiq prezident Barak Obamaning “The Beast” (yirtqich) limuzinida yurishiga to‘g‘ri keldi. Prezidentlik muddati boshlanishiga zirxlangan mashinani tayyorlay olishmagan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi avlod Cadillac limuzini AQSh Maxfiy xizmatiga yetkazilgan.

“Biz o‘z vazifamizni bajarib, mashinani buyurtmachiga topshirganmiz”, deydi Cadillac direktori.

Huquq tartibot muassasalari limuzinning sinovi va Maxfiy xizmat talabi darajasida takomillashtirilishi jadval bo‘yicha ketayotganini ta’kidlagan. Avtomobil hozircha ommaga ko‘rsatilmagan. Uning jamoatchilikka namoyish qilinishi joriy yil yoz fasli oxirida kutilyapti.

Taxminlarga ko‘ra, Prezident avtomobili shartli ravishda The Beast 2.0 deb nomlangan. Uning vazni 7-9 tonna atrofida bo‘lib, og‘ir zirxi granata otuvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasi va kimyoviy hujumdan himoyalay oladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil qayta saylangan Prezident Vladimir Putin ham yangi prezidentlik limuziniga ega bo‘ladi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tramp, qanday, o‘xshashlik bor, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя