Главная » 2020 » Май » 24 » Trampning matbuot kotibi u haqidagi maxfiy ma'lumotni oshkor qilib qo‘ydi
11:39

Trampning matbuot kotibi u haqidagi maxfiy ma'lumotni oshkor qilib qo‘ydi


AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Keyli Makinani bexosdan prezidentning bank rekvizitlarini oshkor qilib qo‘ydi.

Makinani matbuot anjumanda jurnalistlarga Tramp koronavirusga qarshi sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z maoshidan AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlarga 100 ming dollar o‘tkazib bergani haqida bank ma'lumotnomasini ko‘rsatgan.    

Ma'lumotnoma surati kattalashtirilganda unda Oq uy rahbarining bank hisobraqami va maxfiy ma'lumotlar hisoblanuvchi boshqa moliyaviy ma'lumotlar ko‘ringan. Oq uy ma'muriyati vakilining ta'kidlashicha, brifingda soxta cheklardan foydalanilmagan.

Shu bilan birga, The Guardian nashrining t'akidlashicha, bunday ma'lumotlarga egalik qilish bank hisobraqami buzib kirilishi yoki boshqa shaxslar tomonidan qo‘llanishi xavfini yuzaga keltiradi.   

Notr-Dam universitetining axborot texnologiyalari professori Mayk Chapplning ta'kidlashicha, bu holat banklar mijozlari ehtiyotkor bo‘lib, bank hisobraqamlarini daxlsiz saqlashlari kerakligini ko‘rsatadi. 

Boshqa tomondan, moliyaviy tahlichilarning ta'kidlashicha, ushbu pul o‘tkazmasini amalga oshirgan bank prezident haqidagi ma'lumotlarni himoyalash uchun katta ehtimollik bilan ehtiyot choralarini ko‘rgan bo‘lishi kerak. 

2016 yil Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida prezident bo‘lsa, o‘z maoshidan ijtimoiy ehtiyojlarga 400 ming dollar xayriya qilishga va'da bergan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: matbuot, oshkor, qilib qo‘ydi, ma'lumotni, kotibi, maxfiy, Trampning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя