Главная » 2020 » Июнь » 13 » Trampning rafiqasi o‘z eriga g‘ayritabiiy shart qo‘ydi
19:24

Trampning rafiqasi o‘z eriga g‘ayritabiiy shart qo‘ydi


Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i Donaldning 2016 yildagi AQSH Prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan keyin nikoh shartnomasini yangilash kerakligi haqidagi gapga turib oldi. Bu haqda “The Washington Post” muxbiri Meri Jordan yozmoqda.

Shartlarning yaxshilanishi

Jordanning so‘zlariga ko‘ra, Melanya erining 2017 yil yanvar oyida inauguratsiyasidan keyin Oq uyga kirishga shoshilmadi. Chunki u o‘g‘li Berronga o‘quv yilini tugatish uchun imkoniyat berishni istadi. U go‘yo mavjud vaziyatdan, shu jumladan, Donald Tramp bilan tuzilgan nikoh shartnomasi shartlarini yaxshilash uchun foydalangan.

Ma’lumot uchun, ularning to‘yi 2005 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, "dastlabki nikoh shartnomasi turmush o‘rtog‘iga nisbatan saxiylik emas edi”.

O‘g‘il uchun imtiyozlar

Nashrdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning birinchi xonimi yangilangan nikoh shartnomasida turmush o‘rtog‘ining o‘g‘li Berronni qo‘llab-quvvatlash majburiyatlari yanada kengayishi tarafdori bo‘lgan. "U Berronning kelajagi uchun uning ikkinchi fuqaroligi – Sloveniya fuqaroligini kafolatlash orqali g‘amxo‘rlik qildi. Bu esa unga balog‘at yoshiga yetganida Yevropada biror tashkilotda ishlashga imkon beradi. Endi u oilaviy biznesdan tashqarida qolmasligi kafolatlandi", deyiladi bayonotda.

Jordanning so‘zlariga ko‘ra, Melanya Tramp "moliyaviy imkoniyat va meros masalasida Berronga Trumpning uchta katta farzandi kabi muomala qilinishiga oid yozma dalillar bo‘lishini istagan".

Trump Organization – AQSH Prezidentining buvisi va otasi tomonidan o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yilgan kompaniyalar guruhi hisoblanadi. Donald Tramp uni 1971 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 2016 yil noyabr oyida AQSH Prezidenti etib saylanganidan keyin u ushbu biznesni boshqarishni katta o‘g‘illariga topshirdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: shart qo‘ydi, Trampning, o‘z eriga, g‘ayritabiiy, rafiqasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя