18:47 Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibida o‘zgarish bo‘ldi | |
«Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (125-son, 09.03.2021-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish tartibi joriy etiladi. 2021-yil 1-sentyabrdan jismoniy shaxslarga tegishli M1 (https://t.me/huquqiyaxborot/6814) toifadagi avtotransportlarni tadbirkorlar – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniladi. 2021-yil 1-iyulga qadar avtotransportlarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi. 2021-yil 1-sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi. Qarorga bilan shuningdek, Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, transportlar quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
Yangi transportlar DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|