Главная » 2020 » Июль » 5 » Tsyurix hayvonot bog‘ida yo‘lbars 55 yoshli ayolni g‘ajib tashladi
18:19

Tsyurix hayvonot bog‘ida yo‘lbars 55 yoshli ayolni g‘ajib tashladi


Shanba kuni Syurix hayvonot bog‘i xodimi amur yo‘lbarsi hujumi natijasida olgan halokatli jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda «Le Matin» xabar bergan.

Nashrning yozishicha, yirtqich hayvon volerda 55 yoshli ayolga hujum qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yo‘lbarsni chalg‘itib, ayolni volerdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq shifokorlar har qancha urinishmasin, ayolning hayotini saqlab qolisholmadi.

Politsiya tergov harakatlarini boshlab yubordi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yo‘lbars bilan ayol nima uchun bir vaqtda volerda bo‘lib qolganini aniqlashmoqchi.

Hodisa guvohiga aylangan hayvonot bog‘i xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun psixologik yordam guruhlari tashkil etildi.

Hozirda Syurix hayvonot bog‘ida 4-5 yoshlardagi ikkita amur yo‘lbarsi bor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: g‘ajib tashladi, Tsyurix, hayvonot bog‘ida, 55 yoshli ayolni, yo‘lbars | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя