Главная » 2020 » Октябрь » 8 » Turk aktyori Nejati Shashmaz — Po‘lat Alamdar xotinining telefonidagi yozishmalarni o‘qigani uchun 12 yilga qamalishi mumkin
20:23

Turk aktyori Nejati Shashmaz — Po‘lat Alamdar xotinining telefonidagi yozishmalarni o‘qigani uchun 12 yilga qamalishi mumkin


Taniqli turk aktyori Nejati Shashmaz 12 yilga qamalishi mumkin. Bu haqda turk ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Qayd etilishicha, aktyorni sobiq rafiqasi Nagehan Shashmaz sudga bergan. Nagehan sobiq erini noqonuniy ravishda uning telefon suhbatlarini tinglaganlik hamda Whatsapp messenjeridagi yozishmalarini o‘qiganlikda ayblamoqda. Nejati ushbu faktlarni ajrashish uchun sabab sifatida sudga taqdim etgan. Istanbul shahri prokuraturasi shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha tergov boshlagan. Tergov natijalari yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Nejati Shashmaz Elyazig shahrida voyaga yetib, shu shaharda tahsil olgan. Turkiya va Kanada universitetlarida turizm biznesi va mehmonxona menejmentini o‘rgangan. 1997—2001-yillarda AQShda yashagan. 2001-yilda Turkiyaga qaytib aktyorlik karyerasini boshlagan. 2003—2005-yillarda efirga uzatilgan “Qashqirlar makoni” serialidagi Po‘lat Alamdar obrazi unga mashhurlik olib kelgan.

49 yoshli Nejati Shashmaz 28 yoshli Nagehanga 2012-yilda uylangan. Ularning 7 va uch yoshli ikki o‘g‘il farzandi bor. Juftlik 2019-yilda ajrashgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Po‘lat Alamdar, turk aktyori, Nejati Shashmaz, xotinining, yozishmalarn, qamalishi mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя