Главная » 2020 » Март » 12 » Turk deputati uyida vafot etgan Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilishi yozilgan xat qoldirgani ma’lum bo‘ldi
22:18

Turk deputati uyida vafot etgan Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilishi yozilgan xat qoldirgani ma’lum bo‘ldi


Turkiya parlamenti deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida vafot etgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirova ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar aniqlandi. Bu haqda “Qalampir.uz” ma'lum qilidi.

Avvalroq Turkiyaning Anqara shahrida vafot etgan Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq ish yopilib, sud-tibbiy ekspertizasi e’lon qilingani va unda qotillik alomatlari aniqlanmagani haqida xabar berilgandi.

Anqara prokuraturasi tomonidan qabul qilingan so‘nggi qarorda Nodira Qodirovaning o‘z joniga qasd qilgani, uni o‘zini o‘ldirishga majburlagan, o‘z joniga qasd qilishga undagan, buni qo‘llab-quvvatlagan yoki unga yordam bergan shaxs yoki shaxslarning topilmagani aytilgan.

Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, uning tanasida jinsiy zo‘ravonlik belgilari aniqlanmagan. Uning kundaligi va vafotidan ikki kun avval qoldirgan maktubida o‘z joniga suiqasd qilishi yozilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 23-sentabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя