Главная » 2020 » Декабрь » 25 » Turkiya prezidenti Putinning «Erdo‘g‘on dumini likillatmaydi» degan gapiga javob qaytardi
22:15

Turkiya prezidenti Putinning «Erdo‘g‘on dumini likillatmaydi» degan gapiga javob qaytardi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning maqtoviga munosabat bildirdi va Anqara bilan Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni baholadi.

Avvalroq Putin Erdo‘g‘on bilan ba’zi masalalarda turli qarashlarga egaligini, ammo, shunga qaramay, Turkiya rahbari so‘zida turishini, «dumini likillatmasligini» ta’kidlab o‘tgandi.

«Putinning bu gaplari o‘ziga ham taalluqlidir. Men u bilan tanishganimdan beri, uni shunday bilaman. U to‘g‘ri odam, so‘zida turadi. Munosabatlarimizning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, amalda hech qaysi davlat bilan bunchalik mustahkam aloqalarga ega emasmiz, bu juda kam uchraydigan holatdir. Umid qilamanki, munosabatlarimiz kelgusida ham davom etadi. Agar savdo balansimizga nazar solsangiz, o‘z maqsadlarimiz sari qat’iy borayotganimizni ko‘rasiz», — dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putinning, Erdo‘g‘on, Turkiya, Prezidenti, gapiga, javob qaytardi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя