Главная » 2021 » Январь » 5 » Turkiyada 10-qavatdan o‘zini tashlagan o‘zbekistonlik bo‘yicha ma’lumot berildi. Qiz 18 yoshda bo‘lgan
23:27

Turkiyada 10-qavatdan o‘zini tashlagan o‘zbekistonlik bo‘yicha ma’lumot berildi. Qiz 18 yoshda bo‘lgan


Avvalroq, Turkiyaning Izmir viloyati Qarshiyaka tumanida o‘zbekistonlik ayol o‘ninchi qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu voqeani rasman tasdiqladi. 

Turkiya mahalliy matbuoti tomonidan tarqatilgan dastlabki ma’lumotlarda ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlagan o‘zbekistonlik 28 yoshda bo‘lgani aytilgan edi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbon bo‘lgan fuqaro 18 yoshda bo‘lgan. 

“O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2002 yil 21 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.B.ning 2021-yil 2 yanvar kuni Izmir muzofoti (Turkiya Respublikasi) Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining o‘ninchi qavatidan qulashi oqibatida vafot etganligi haqida OAVda tarqatilgan ma’lumotni tasdiqladi”, deyiladi TIV axborotida.  

Qayd etilishicha, ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar O‘zbekiston fuqarosining o‘limi bo‘yicha tergov jarayonini boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova ham Turkiyaning Anqara shahrida Buyuk Millat Majlisining “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan depututati Shirin Unalning xonadonida sirli o‘lim topgan edi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qiz, Turkiyada, o‘zbekistonlik, tashlagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя