Главная » 2020 » Февраль » 16 » Turkiyada ismi sir qolishini istagan inson kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘lab berdi
15:18

Turkiyada ismi sir qolishini istagan inson kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘lab berdi


Turkiyaning Diyorbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do‘konidagi qarzlarini to‘ladi. Bu haqda NTV Turkiya xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, noma’lum shaxs do‘konga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining qarz daftarchasiga yozilgan  qarzlarini to‘lamoqchi ekanini aytadi.

U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) to‘lagan. So‘ngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя