Главная » 2017 » Май » 18 » Turkiyada o‘zbekistonlik fohishalar ushlandi
18:52

Turkiyada o‘zbekistonlik fohishalar ushlandi


Turkiyadagi eng mashhur kurort shahar – Antaliyada fohishalik bilan kurashish haftaligi o‘tkazildi. Natijada noqonuniy xizmatni taklif etuvchi tashkilotlar bilan birgalikda 100 kishi ushlangan.

Antaliyaning Gyuzeloba tumanida “tungi kapalaklar”ni tutish bo‘yicha joriy yildagi eng yirik reyd o‘tkazildi. Unda 84 nafar qiz qo‘lga olingan bo‘lib, ulardan: 22 nafar — Qirg‘iziston, 20 kishi — Turkiya, 14 nafar — O‘zbekiston, 9 nafar — Gruziya, 5 nafar — Rossiya, 4 kishi — Ukraina, 3 nafar — Dominikan, 2 nafar — Moldova, 2 nafar — Eron, bir nafardan Qozog‘iston, Nigeriya va BAA fuqarosi bo‘lgan.

Tibbiy tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng, 3 nafar qizda OITS kasalligi aniqlangan.

Bu haftada esa polisiya Antaliyaning boshqa joyi – Konyaalta sohilida tekshiruv ishlari olib bordi. Natijada 30 kishi qo‘lga olindi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xonanda, do‘stining o‘limi, Farrux Ahmedov, sababchi bo‘ldi | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя