Главная » 2020 » Сентябрь » 6 » Turkiyada qimmatbaho mashinadan tarvuz sotgan erkak jarimaga tortildi
18:48

Turkiyada qimmatbaho mashinadan tarvuz sotgan erkak jarimaga tortildi


Turk politsiyachilari Istanbulda dunyodagi eng qimmatbaho mashinalardan biri hisoblangan Lamborghini mashinasidan tarvuz sotgan erkakni 165 dollar jarimaga tortishdi. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri xabar berdi. 

Voqea 2 sentyabrda yuz bergan. Qimmatbaho sportkardan tarvuzlar sotilishi videosi internetda ommalashib ketgach, huquq-tartibot idoralari mashina egasini avtomobil raqami bo‘yicha izlashga tushib ketgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu antiqa holat o‘tkinchi odamlar e'tiborini tortgan va tez orada tarvuz olish uchun turnaqator navbat yuzaga kelgan. 
 
Aniqlanishicha, qidirilgan erkak eronlik bloger bo‘lib chiqqan. U tarvuz bilan savdo qilishini ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatgan. U tarvuzlarni kilosi uchun 5 turk lirasidan (67 sent) sotgan. 

Bloger 3 sentyabrda ushlangan. Unga “transport vositasidan haydovchilik guvohnomasida ko‘rsatilmagan maqsadda foydalanish” ayblovi qo‘yilgan. Bloger jarimani to‘lab bergach qo‘yib yuborilgan, ammo 15 kunga guvohnomasidan mahrum etilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Turkiyada minilgan Lamborghini Aventador mashinasi 5 mln turk lirasi (672 ming dollar) atrofida turadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Erkak, Turkiyada, jarimaga tortildi, mashinadan, tarvuz sotgan, Qimmatbaho | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя