Главная » 2018 » Февраль » 23 » Turkiyadagi ajrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumot berildi
20:14

Turkiyadagi ajrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumot berildi


TurkStat statistika instituti taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Turkiya aholisi orasida ajrim ko‘rsatkichlari 3.7 foizni tashkil qilgan. 62.2 foizi esa - yangi oila qurganlar. DailySabah shu haqida xabar berdi.

Tadqiqot ma’lumotlariga muvofiq, aholining 61.8 million nafari - 15 yoshgacha va undan kattalarni tashkil qiladi. Aholining 38.6 million nafari - oilali, 2.3 millioni esa - ajrashgan.

Ajrim eng ko‘p qayd etilgan viloyat - Izmir bo‘ldi. Izmir - Turkiyaning kattaligi bo‘yicha uchinchi viloyati bo‘lib, u Egey dengizining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan. Izmir aholisi orasida ajrashganlar 6.4 foizdan iborat. Undan keyingi o‘rinda janubi-g‘arbiy Mug‘la provinsiyasi - 6.1 foiz. Uchinchi o‘rinda esa 5.7 foiz ajrim ko‘rsatkichi bilan Janubiy Antaliya kelgan.

Oilali kishilarning eng yuqori ko‘rsatkichi Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi Tekirdog‘ viloyatiga to‘g‘ri keladi - 66.9 foiz. Markaziy Afyonqorahisorda - 66.81 foiz, G‘arbiy Manisada esa - 66.8 foiz.

Turkiyada bevalar soni 5.4 foizni tashkil qiladi, bu 3.3 million kishi degani.

16.7 million kishi yoki aholining 27.1 foizi hech qachon oila qurmagan.

Turkiyaning ajrim ko‘rsatkichlari Yevropadagi qo‘shnilariga qaraganda ancha kam. EuroStat ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya, Lyuksemburg, Chexiya, Ispaniya va Portugaliyada ajrim ko‘rsatkichlari 60 foizdan oshadi. Biroq bu borada Belgiya barchasidan o‘tib tushgan - 70 foiz. AQShda ajrim koeffisienti 53 foizni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 306 197 yangi oila jamiyatga qo‘shilgan bo‘lsa, 31 930 oila turmushi buzilgan. 2016 yilda esa 275 048 yangi oila qurilgan bo‘lib, 29 321 tasining nikohi bekor qilingan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Turkiyada, ajrim ko‘rsatkichlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя