Главная » 2018 » Август » 25 » Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand aeroportida to‘xtatib qolindi
15:21

Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand aeroportida to‘xtatib qolindi


Joriy yilning 15 avgust kuni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan Samarqand viloyatidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaga yuborilib, odam savdosidan jabrlanishi mumkin bo‘lgan ayollar to‘xtatib qolindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan samarqandlik R.B. odam savdosi jinoyatidan mo‘may daromad orttirish niyatida Navoiy viloyatidan bo‘lgan uch nafar chet davlatida ishlash istagida bo‘lgan, moddiy muhtoj, ishsiz va turmushidan ajrashgan ayollarni topib, ularni uy ishlari yoki savdo do‘konlarida sotuvchi bo‘lib ishlash haqidagi aldovlar bilan Turkiya davlatiga jo‘natib, ularni fohishalikda ekspluatatsiya qilishni maqsad qilgan. Unga bu ishni jinoiy sherigi hozirda Turkiya davlatida yashayotgan onasi R.M. buyurganini va yuborilayotgan uch nafar ayolni Istanbul shahrida R.M. kutib olishini ma’lum qilgan. R.N. ayollarni jo‘natish arafasida, ularga Turkiyaga borgandan so‘ng badal puli sifatida 6000 AQSh dollari ishlab berishini shart qilib qo‘yadi va ayollarga fohishalikda ishlashga ketayotganliklarini bildiradi.

Bundan xabar topgan ayollar Turkiyaga ketish fikridan qaytishlariga qaramasdan, R.N. ularni “Sizlarning har biringiz uchun alohida chipta rasmiylashtirilgan, agar fikringizdan qaytsangiz sarflangan harajatlarni qoplashingizga to‘g‘ri keladi” deb, fikrlarini o‘zgartiradi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar ayolni Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan R.N. qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yuborilayotgan, aeroportida, fohishalik, to‘xtatib qolindi, Turkiya, Samarqand, ayollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя