Главная » 2021 » Март » 19 » Turkiyaga Suriya hududidan raketa zarbalari berildi
11:38

Turkiyaga Suriya hududidan raketa zarbalari berildi


Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomondan raketa hujumiga uchradi. Bu haqa Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Suriyadan uchiilgan raketalar Kilisdagi bo‘sh hududga tushdi. Jabrlanuvchilar yo‘q, hech qanday zarar yetkazilmagan”, deyiladi harbiy idora xabarida.

Turkiya harbiylari zudlik bilan raketa uchirilgan joylarga o‘t ochishgan. Shuningdek, Rossiya Suriya tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirilgan.

CNN Turk xabariga ko‘ra, Kilisga Suriya shimoli-g‘arbidagi Tel-Rifat shahridan uchirilgan ikkita raketa tushgan. Raketalar bo‘sh maydonga tushib, portlamay qolgan. Hodisa joyiga harbiylar, politsiya va mintaqa gubernatori ham kelgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: raketa, zarbalari, Turkiyaga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя