Главная » 2020 » Февраль » 27 » Turkiyaga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik kelinlar soni ma’lum bo‘ldi
23:51

Turkiyaga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik kelinlar soni ma’lum bo‘ldi


Turkiya statistika tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda mamlakatda 23 ming 264 nafar chet ellik ayol-qiz turkiyalik erkaklarga turmushga chiqqan. Bunda chet ellik kelinlar soni oshdi, ammo chet ellik kuyovlar soni o'zgarishsiz qoldi. 

O‘tgan yili Turkiyada umumiy 541 424 juftlik turmush qurgan. Statistika natijalariga ko‘ra 2019 yili chet ellik kelinlar soni chet ellik kuyovlar soniga nisabatan ortgan. 

2019 yili xorijdan Turkiyaga kelin bo‘lib tushganlar 23 264 nafar bo‘lib, bu umumiy kelinlar soniga nisbatan 4,3%ni tashkil etdi. Xorijdan Turkiyaga kuyov bo‘lganlar esa 4 580 nafar – bu, umumiy kuyovlar sonining 0,8%i.

Chet ellik kuyovlarning qaysi mamlakatga mansubligi o‘rganikganida ularning 31%i Germaniya fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, chet ellik kuyovlarning 16,4%i Suriya, 6,8%i esa Avstriya fuqarolari bo‘lgan. 

Chet ellik kelinlarning ham qaysi davlatga mansubligi o‘rganib chiqilgan. Bunga ko‘ra, ularning 14,5%i Suriya, 11,7%i Ozarbayjon, 10,5%i Germaniya, 7,8%i Marokash va 6,7%i O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. 

Statistikaga ko‘ra, 2019 yil davomida jami 1 550 nafar o‘zbekistonlik ayol-qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Shuningdek, 11 nafar o‘zbekistonlik erkak Turkiya fuqarolariga uylangan. 


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя