Главная » 2021 » Январь » 27 » Turkiyalik olimlar koronavirusni bir daqiqada o‘ldiradigan dori yaratishdi
17:33

Turkiyalik olimlar koronavirusni bir daqiqada o‘ldiradigan dori yaratishdi


Turkiyaning Bursa shahridagi Uludag‘ universiteti Mikrobiologiya kafedrasi xodimlari koronavirusni atigi bir daqiqada o‘ldiradigan burun spreyini ishlab chiqdilar, deb yozmoqa «Daily Sabah» gazetasi.

Virusni to‘liq o‘ldiradigan sprey professor Shehime Gulsun Temel va doktorlar Ahmet Yumit Sabanji va Guneyt Ozakin tomonidan ishlab chiqilgan.

Sabanjining so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotlar koronavirus pandemiyasidan oldin boshlangan.

«Biz preparatning antibakterial ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatib berdik. Pandemiya boshlangandan keyin esa COVID-19ga qarshi kurashda o‘z hissamizni qo‘shish haqida o‘ylay boshladik. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, sprey og‘iz va burun to‘qimalaridagi virusni halok qilib, tarqalishining oldini oladi va miqdorini kamaytiradi», — deya izohladi Sabanji.

Temel sprey shilliq qavatlardagi epiteliy hujayralari uchun mutlaqo bezararligini ta’kidlamoqda.

«Boz ustiga, uning ushbu hujayralarga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishini aniqladik. Shuning uchun undan foydalanish xavfsiz», — dedi u.

Preparat nanotexnologiya yordamida takomillashtirilganidan so‘ng uning samarasi barqarorlashdi va ba’zi molekulalarga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsata boshladi, deydi olimlar. Ularning ta’kidlashicha, sprey nafaqat SOVID-19, balki turli zamburug‘ va bakteriyalarga qarshi ham juda samarali.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, yaratishdi, dori, o‘ldiradigan, Turkiyalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя