Главная » 2020 » Август » 9 » Turkiyalik yigit sevgisi uchun 212 kilo vazn yo‘qotdi va sevgisidan voz kechdi (FOTO)
15:31

Turkiyalik yigit sevgisi uchun 212 kilo vazn yo‘qotdi va sevgisidan voz kechdi (FOTO)


Turkiyada yashovchi Akin Turkoglu ismli yigit sevgilisini rozi qilish uchun 6 oy ichida 212 kilogramm yo‘qotdi, deya xabar beradi Xaber nashri 8 avgust, shanba kuni.

Manbaga ko‘ra, olti oy oldin 22 yoshli yigitning vazni 296 kilogrammni tashkil etgan va bu shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatsizliklarni keltirib chiqargan Akinning qiyofasi edi.

“Men sevib qoldim, sevgilimning oilasi meni shunday qabul qilishmadi. Men har qanday usul bilan vazn yo‘qotishga qaror qildim. Menyuimni ikkita kursga — sho‘rva va suvga kamaytirdim. Qolaversa, jismoniy mashqlar qildim, har kuni 25 kilometr piyoda yurdim», — deydi Akin.

Endi qilingan sa’y-harakatlar natijasida yigitning vazni 84 kilogrammni tashkil etadi.

"Men to‘g‘ri ovqatlanishga va ko‘p harakat qilishga odatlanganman. Og‘irlikni yo‘qotishning siri juda oddiy bo‘lib chiqdi”, deydi yigit.

Uning aytishicha, ayni damda sevgilisi bilan munosabatlarini uzgan. "Biz xayrlashdik, lekin o‘zgarishimga turtki bergani uchun undan minnatdorman. Endi men baxtliman va hayotimdan mamnunman", — dedi Turkoglu.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Turkiyalik yigit, 212 kilo, (Foto), vazn yo‘qotdi, sevgisi uchun, sevgisidan voz kechdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя