Главная » 2020 » Март » 31 » Turkmaniston koronavirusga qarshi kurashning mutlaq yangi yo‘lini topdi
18:33

Turkmaniston koronavirusga qarshi kurashning mutlaq yangi yo‘lini topdi


Turkmaniston hukumati pandemiya bilan bog‘liq ma’lumotlarni yashirish uchun “koronavirus” so‘zini ishlatishni taqiqladi va kundalik iste’moldan chiqarib tashladi. Bu haqda Reporters Without Borders tashkiloti ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda OAVga e’lonlarda “koronavirus” so‘zini ishlatish taqiqlangan. So‘z shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab, shifoxona va ishxonalarga yuborayotgan yo‘riqnomalardan ham chiqarib tashlangan.

Shu bilan birga, ko‘chada niqob taqib yurgan va pandemiya haqida gapirganlar ichki ishlar xodilari tomonidan hibsga olinishi mumkin.

Avvalroq, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishi vaqtida koronavirusga qarshi xal tabobatini qo‘llash kerakligi haqida gapirgandi. Xususan, u isiriqdan foydalanish samarali ekanini ta’kidlagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan. Dunyoda esa ushbu virusga chalinganlar soni 800 mingdan oshib ketdi. Qurbonlar 30 mingdan ortiq.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя